Davlatimiz rahbarining bu galgi Murojaatnomasida ham mamlakat taraqqiyotining zaminini ilm-fan va innovatsiyalar tashkil etishi alohida taʼkidlandi. Shubhasiz, bularsiz davlatning taraqqiyotini tasavvur qilib boʻlmaydi. Chunki ushbu muhim yoʻnalishlar davlat iqtisodiyotining barcha jabhasiga bevosita taʼsir etadi hamda aholining turmush darajasini koʻtarishga olib boradi.
Bu borada oliy taʼlim muassasalari drayver vazifasini bajarishi kerak. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ham talabalarning sifatli bilim olishi hamda taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, yangi innovatsion loyihalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning oʻtgan yil 19-dekabrdagi “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtaradi. Qarorda 2023-yil 31-yanvarga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida elektromobillar va ularning infratuzilmasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish, professor-oʻqituvchilar, shuningdek, sohada faoliyat koʻrsatayotgan boshqa mutaxassislarning rivojlangan davlatlarda malaka oshirib kelishini taʼminlash vazifasi qoʻyilgan.
Ayni paytda universitet talaba va doktorantlari elektromobillarning servis, ekspluatatsiya koʻrsatkichi, elektronika jihozlarini tekshirish jarayonini oʻrganmoqda. Mazkur laboratoriyaning tashkil etilishi oʻquv sifatini oshirish va yangi oʻquv yilida universitetda oʻrgatiladigan fanlar roʻyxatini kengaytirish, avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasida tadqiqotlar olib borish, shu yoʻnalishlar boʻyicha yetuk mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
Hozir oliy taʼlim muassasasi oʻquv dasturlariga elek tromobillar, ularning tuzilishi, ekspluatatsiya qilishni oʻrgatuvchi bir nechta fanlar, elektromobillarni oʻrganish boʻyicha elektiv kurslar kiritilmoqda. Ilm-fan va innovatsiyalar haqida gap ketganda, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor-oʻqituvchilari elektromobil sanoatida keng qoʻllanadigan istiqbolli nanomaterial va litiy-ion batareyalarni chuqur oʻrganish yuzasidan xalqaro loyihalarda ishtirok etayotganini taʼkidlash joiz.
Qarorda koʻrsatilgan yangidan tashkil etiladigan laboratoriyalardagi zamonaviy jihozlar yoshlarning innovatsiyalarga qiziqishini kuchaytirish bilan birga ilgʻor loyihalarni amalga oshirishga undaydi. Natijada yangi texnologiya foydali mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjud ishlanmalarni takomillashtirish imkonini beradi. Prezidentimizning oʻtgan yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tuzildi. U
shbu vazirlik ham kelgusida xalqaro standartlarga mos, kompleks bilimlarga ega, malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bilan birga ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-oʻqituvchilar salohiyatini oshirish jarayonini oʻzaro muvofiqlashtiradi. Mazkur meʼyoriy hujjatlarda koʻrsatilgan vazifalar samarali va sifatli ijro etilsa, mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilishi shubhasiz. Bu saʼy-harakatlar davlatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda oʻziga xos yoʻlini tanlash, kadrlar tayyorlash tuzilmasini yangilash imkonini mustahkamlaydi.