Ilmiy-ma’rifiy sohadagi O‘zbekiston - Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlanadi

    Ta'lim 13 Yanvar 2022 1358

    O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi Sardor Rustamboev Toshkentdagi «Alliance Francaise» tashkiloti direktori Dilshod Ahmedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida ilmiy-ma’rifiy sohadagi o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda fransuz tilini o‘qitish, shuningdek, mamlakatimiz filologlarining malakasini oshirish mavzusiga alohida e'tibor qaratildi.

    Dilshod Ahmedov «Service Civique» dasturi doirasida fransuz tili o‘qituvchilarini jalb qilish, shuningdek, «Alliance Francaise» markazida fransuz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. U shuningdek, fransuz tilida «DELF/DALF, TCF» hamda maktab o‘quvchilari uchun «Delf junior» xalqaro sertifikatlarini olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishtirdi.

    Bundan tashqari, Fransiyaning «AMOPA» uyushmasi tomonidan taqdim etilgan fransuz tili darsliklari va kitoblarini «Alliance Francaise» kutubxonasiga yetkazish masalasi yuzasidan ham fikr almashildi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ilmiy-ma’rifiy sohadagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.