Ilmiy muassasalarga yuqori sifatli uskunalar xarid qilinadi

    Innovasion rivojlanish vazirligi va Yaponiyaning “Xoriba” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlashni jadallashtirish maqsadida vebinar o'tkazildi.

    Vebinarda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalar xaridi koʻzda tutilgan vazirlik va idoralar shu jumladan, tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining loyiha hamda xarid jarayoni bilan shugʻullanuvchi xodimlari ishtirok etdi.

    Tadbirda Yaponiyaning «Xoriba» kompaniyasi tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarining taqdimoti boʻldi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning mazkur ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari toʻgʻrisida qiziqtirgan savollariga javob berildi.

    Mazkur tadbirning maqsadi jahonning yetakchi xorijiy kompaniyalarini respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan taʼminlashga qaratilgan tanlov savdolariga keng koʻlamda jalb etishdir.

    Bunda tanlov savdolarini natijadorligini oshirish, innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasalariga yana-da yuqori texnik va funksional xususiyatlarga ega hamda eng soʻnggi jahon standartlariga javob beradigan, keng koʻlamli, dunyo miqyosidagi eksperimental tadqiqotlarni toʻliq amalga oshirish imkoniyatiga ega asbob-uskunalar xarid qilishni taʼminlash koʻzda tutilgan.