Ilmiy salohiyatni oshirish va innovatsion yondashuvlar mohiyati

    Fan 16 Noyabr 2025 79

    Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy faoliyatida sezilarli o'sish va rivojlanish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Universitet miqyosida ilmiy salohiyatning oshishi, professor-o‘qituvchilarning malakasi, chop etilgan maqolalar va monografiyalar soni, shuningdek, ilmiy himoyalar va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlarida bu kabi holatlarni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

    Yaqin yillarda universitetning ilmiy tadqiqotlar sohasidagi muvaffaqiyatini ni universitet ilmiy kengashlarida o‘zlarining dissrtatsiya himoyalarida ko‘rinadi. Toshkent davlat yuridik universitetining bugungi kundagi ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Bu borada Universitet ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 52 foizdan yuqoriladi. Ma’lumot o‘rnida bu ko ‘rsatkich 2023-yilning ayni vaqtiga nisbatan 47 % bo‘lgan.

    Hozirgi kunda Universitet professor-o‘qituvchilar 400 dan ortiqni tashkil qilib, ular orasida doimiy ilmiy unvonga ega pedagok kadrlar salmog‘i ortib bormoqda.

    Universitet professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy-pedagogik ishlarini xalqaro hamda respublika miqyosidagi turli xil jurnallarda e’lon qilib kelmoqdalar. Shu kunga qadar universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 60 dan ortiq monografiya, 370 dan ortiq xalqaro hamda 400 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etildi.

    Universitet tomonidan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyatini keng, samarali olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib. Shu yil davomida oliy ta’limdan keyingi ta’limning tayanch doktorantura bosqichida o‘qish istagini bildirgan talabgorlardan imtihon topshirish jarayonlari sifatli hamda samarali tashkil qilindi.

    Shu bilan birga, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi mustaqil izlanuvchilik institutiga yil davomida jami 4 marotaba qabul jarayonlari tashkil etilishi rejaga qilingan bo‘lib, 2025-yil davomida 4 marotaba mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari tashkil etilib, tegishli tartibda tuzilgan komissiya tomonidan suhbat suhbat jaraonlari tashkil qilinmoqda.

    Shu o‘rinda, Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy-pedagok kadrlarni tayyorlash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Misol tariqasida, Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyati tashkil etilgan 4 ta ilmiy daraja beruvchi kengashlarni keltirishimiz mumkin. 2025-yilning ayni shu vaqtiga mos davriga nisbatan davomida ilmiy daraja beruvchi kengashlarda 40 dan ortiq dissertatsiya ishlarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

    2025-yil davomida jami 4 marotaba ixtisosliklar va chet tili (ingliz tili) fanlari bo‘yicha malakviy imtihonlar tashkil qilinib, bunda universitetning mustaqil izlanuvchilari, doktorantlari va tashqi talabgorlar imtihonlarda ishtirok etishdi. Malakaviy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 150 dan ortiq talabgorlarga tegishli guvohnomalar berildi.

    Universitet tomonidan yuqorida takidlab o‘tilgan qabul jarayonlari yetuk professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilishi uchun tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lib,.qabul jarayonlari shaffof, ochiq o‘tishi uchun “Zoom” “YouTube” platformalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etildi.

    Yuqoridagi ma’lumotlar Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy faoliyati yo ‘lida so‘nggi yillarda izchil rivojlanayotganini, shu bilan birga, ilmiy salohiyatning oshishi, ilmiy nashrlar sonining ko‘payishi, dissertatsiya himoyalarining faolligi hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining shaffof va samarali yo‘lga qo‘yilgani universitetning ilmiy maktab sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu yaqin yillarda xalqaro miqyosda universiet darajasini ham shakllanishida yuqori ahamiyat kasb etadi. Takidlash kerakki, Oliy ta’limdan keying ta’lim bosqichiga chet el fuqaroligidagi shaxslarning ham topshirish ko‘rsatgichi sezilarli oshganligi so‘zimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Universitet tomonidan yaratilayotgan ilmiy muhit, professor-o‘qituvchilar salohiyatining ortishi, ilmiy tadqiqotlar natijalarining xalqaro maydonda e’tirof etilayotgani—bularning barchasi TDYUning nafaqat respublika, balki xalqaro ilmiy hamjamiyatda ham o‘z o‘rnini mustahkamlashiga xizmat qilmoqda. Ayni jarayonlar universitetning ilmiy va innovatsion rivojlanish strategiyasi izchil amalga oshirilayotganini, kelgusida ham ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlarining yanada yuksalishiga mustahkam asos yaratishini ta’minlaydi.


    Xojiakbar Rustamov,
    Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo'limi Uslubchi