Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi jamoatchilikni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 366-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasining muhokamasida ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Taklif qilinayotgan loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar rahbarlari va baʼzi xodimlarining ish haqini tartibga soladi.
Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan boʻlib, https://regulation.gov.uz/uz/d/30184 havolasi orqali muhokama qilinmoqda.
Muhokama 18-mart kunigacha davom etadi.