“2025-yil oxiriga borib sun'iy intellekt har qanday odamning aql-zakovatidan o'zib ketishi ehtimoli ortib bormoqda va 2027/2028 yillarga kelib, SI barcha odamlarning aql-zakovatidan o'zib ketadi. 2030-yilda sun'iy intellektning barcha odamlarning umumlashgan aql-zakovatidan o'zib ketishi ehtimoli 100% ni tashkil etadi, dedi Mask X ijtimoiy tarmog'ida.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 4-iyul kuni sun'iy intellekt insoniyat uchun ekzistensial xavflarni keltirib chiqarishi va davlatlar uni kech bo'lmasdan tartibga solishlari kerakligini aytgan edi, deb xabar beradi ria.ru.