Ilon Mask AQShni bankrot bo'lish xavfidan ogohlantirdi

    AQSh haqiqiy bankrotlikka yaqinlashmoqda. Bu fikrni milliarder Ilon Mask bildirdi.

    “Amerika haqiqiy bankrotlik tomon juda tez harakat qilmoqda”, deb yozdi u o'zining X sahifasida.

    Mask biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida hukumat samaradorligini oshirish bo'yicha yangi departamentga rahbarlik qilishi kutilmoqda.

    15-noyabr kuni AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 36 trillion dollardan oshdi. AQSh Kongressi Byudjet boshqarmasining prognozlariga ko'ra, 2034-yilda mamlakatning davlat qarzi 50 trillion dollardan oshadi (yalpi ichki mahsulotning 122 foizi). Boshqarma 2029-yildan 2034-yilgacha yalpi ichki mahsulotning o'rtacha yillik o'sishini 1,8 foizga baholamoqda, deb xabar beradi tass.ru.