Ilon Mask bir kunda salkam 14 milliard dollar yoʻqotdi

    Bunga aksiyalarining arzonlashgani sabab boʻldi

    Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 13,4 milliard dollarga kamayib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, pandemiya tufayli kechagi savdolarda Teslaning aksiyalari 8,06 foizga arzonlashgani bunga sabab boʻlgan.

    Ayni paytda Mask dunyo boylari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Uning boyligi 176 milliard dollarni tashkil etadi. Vaholangki, u shu oyning boshida 190 milliard dollar sarmoyasi bilan dunyo boylari roʻyxatini boshida turgan edi. Bugun uning oʻrnini AQSHning Amazon korporatsiyasi egasi Jeff Bezos egalladi. Uyning boyligi 180 milliard dollarga teng.