Maskning boyligi 84,8 milliard dollarga yetdi. Shunday qilib, u daromadi 84,6 milliard dollarga baholanayotgan “Louis Vuitton Moet Hennessy” kompaniyalar guruhi rahbari Bernar Arnoni beshinchi oʻringa tushirdi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Tesla aksiyalari yil davomida 339 foizga oʻsdi va Maskning boyligi 57,2 milliard dollarga oshdi.
Reytingning kuchli uchligi oʻzgarishsiz qoldi. Birinchi oʻrinni Amazon rahbari Jeff Bezos (188 milliard dollar), ikkinchi oʻrinni Microsoft rahbari Bill Geyts (121 milliard dollar) egallab turibdi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg (99 milliard dollar) esa uchlikka yakun yasaydi. Roʻyxatda jami 500 milliarder bor, ularning 24 nafari rossiyalik.
Avvalroq xonanda Polina Gagarina Forbes jurnali tomonidan tuzilgan Rossiya shou-biznesining eng boy yulduzlari roʻyxatiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi. U 6,4 million dollar daromad bilan oltinchi oʻrinni egalladi.