Bu haqda Buyuk Britaniyaning The Guardiang azetasi Informa Connect Academy guruhi tahlilchilariga tayanib xabar berdi.
“Ilon Mask boylik tahlili guruhining [Informa Connect Academy] yangi hisobotiga ko'ra, 2027-yilga borib dunyoning birinchi trillioneri bo'lishga yaqin turibdi. Tahlilchilar biznesmenning boyligi yiliga o'rtacha 110 foizga o'sib borayotgani sababli shunday xulosaga kelishdi.
Hindistonlik milliarder, Adani Group biznes-konglomerati asoschisi Gautam Adani ham ushbu maqomga erishishi mumkinligi aytilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu 2028-yilda sodir bo'lishi mumkin. Nvidia texnologiya kompaniyasining bosh ijrochi direktori Jensen Xuang va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu ham mazkur ro'yxatdan joy olishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.