Bu haqda kompaniya ichidagi manbalarga tayanib Business Insider xabar berdi.

OAVning ta'kidlashicha, Mask Raqamli xizmatlar to'g'risidagi qonunga rioya qilish zaruratidan tobora hafsalasi pir bo'lmoqda.

Hozirda kompaniya rahbarlari mintaqada dasturga kirishni yopib qo'yish yoki Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvchilar uchun unga kirishni bloklash imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

Raqamli xizmatlar to'g'risidagi qonun joriy yilning avgust oyida kuchga kirdi. Bu yirik onlayn platformalardan noto'g'ri, chalg'ituvchi va zararli ma'lumotlarni moderatsiya qilish va olib tashlash uchun samarali va shaffof tizimlarga ega bo'lishini talab qiladi.

Yevropa Ittifoqi komissari Tyerri Breton o'tgan hafta Komissiya ijtimoiy tarmoqning yangi qonunga muvofiqligini rasman tekshirib ko'rishini aytdi va platformadan zararli yoki zaharli ma'lumotlarni yumshatish va olib tashlash bo'yicha harakatlari haqida batafsil ma'lumot so'radi. Tyerri Breton, shuningdek, Ilon Maskni XAMASning Isroilga hujumidan keyin o'zining Twitter platformasida noto'g'ri ma'lumotlar tarqalishiga qarshi kurashishga chaqirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.