“Angliya va Fransiyani ajratib turuvchi suv uchun yangi nom”, deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida va Vashington nomi bilan atalgan bo'g'ozning geografik xaritasini joyladi.
Avvalroq AQShning yangi Prezidenti Donald Tramp Meksika ko'rfazining nomini Amerika ko'rfaziga o'zgartirish jarayoni boshlash to'g'risidagi farmonni imzolagan edi – hujjatga ko'ra, AQSh ichki ishlar vaziri “30 kun ichida uning nomini o'zgartirish bo'yicha barcha “zaruriy choralar”ni ko'rishi kerak”. Tramp bu niyatini inauguratsiyadan oldin ham e'lon qilib, bu qadam uning ma'muriyati yangi siyosatining bir qismi bo'lishini ta'kidladi, deb xabar beradi ria.ru.