Bu haqda amerikalik milliarder, SpaseX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Marsga birinchi uchuvchisiz kemalar yuboriladi, ular qo'nish ishonchliligini tekshiradi. Bu ikki yildan keyin amalga oshadi, deb xabar beradi korrespondent.net.
“Agar bu qo'nishlar muvaffaqiyatli bo'lsa, Marsga birinchi ekipaj parvozlari to'rt yildan so'ng amalga oshiriladi, shundan so'ng taxminan 20 yil ichida o'zini o'zi ta'minlaydigan shahar qurish uchun parvozlar soni keskin oshadi”, deb yozgan Mask.
Uning so'zlariga ko'ra, hozirda eng katta muammo Marsga bir tonna yuk yetkazish xarajati bo'lib turibdi, bu taxminan 1 milliard dollardir.
“U yerda o'zini o'zi qo'llab-quvvatlaydigan shaharni qurish uchun xarajat bir tonna uchun 100 ming AQSh dollariga ko'tarilishi kerak, shuning uchun texnologiya 10 ming marta yaxshi bo'lishi kerak, bu juda qiyin, ammo imkonsiz emas”, deb hisoblaydi tadbirkor.