Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan o'zib ketdi

    Voqea-hodisalar 13 Iyul 2020 1827

    70,5 milliard dollar egasi bo'lgan Mask ettinchi o'rinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan bo'lishib turibdi.

    Bloomberg agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 70,5 milliard dollar egasi bo'lgan Mask ettinchi o'rinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan bo'lishib turibdi. Baffet esa 69,2 milliard dollar bilan o'ninchi o'rinda.

    Forbes Ilon Maskning boyligini biroz kamroq deb baholamoqda - $59,3 mlrd, Baffetnikini esa aksincha ko'proq.

    Maskning reytingning ko'tarilishi Tesla kapitallashuvining o'sishi bilan bog'liq - juma kuni u yana 10 foizga ko'tarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aktsiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi (faqat iyun` oyining boshida 1000 dollar edi). So'nggi 12 oy ichida kompaniyaning kotirovkalari besh baravar o'sdi, u dunyodagi eng qimmat avtomobil` ishlab chiqaruvchiga aylandi.

    O'sish Tesla kompaniyasini S&P 500 indeksiga kiritiladi degan umid bilan bog'liq, buning uchun u ketma-ket to'rtta daromadli chorakni namoyish qilishi kerak. Bozorlar 22 iyul` kuni hisobotni nashr etishni kutmoqdalar.

    Baffet esa aksincha, bu hafta xayriya ishlariga yana 2,9 milliard dollar ajratdi.