Fox News telekanali xabariga ko'ra, tadbirkor Xillsboro shahridagi villasini 32 million dollarga sotgan. Bu villa Maskning so'nggi mulki edi, deydi “Biznes Online”.
Avvalroq dunyoning eng boy odami agar ijtimoiy media platforma buni ma'qullagan taqdirda, o'z aksiyalarining 10 foizini sotishini ma'lum qilgan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati uning bu qarorini qo'llab-quvvatladi. Shundan so'ng u 9,2 million aksiyani 9,9 milliard dollarga sotdi.
Noyabr oyi oxirida Mask Teslaning qo'shimcha 1 milliard dollarlik aksiyalarini 2022-yil boshida tugaydigan shartnomalar uchun soliq to'lash maqsadida sotgandi.