Bu Recodening 2021-yilgacha boʻlgan barcha xayriya mablagʻlari haqidagi taxminlaridan ikki baravar koʻpdir.
Maskning eng katta xayr-ehsoni 100 million dollar boʻlib, u karbonat angidrid gazini olishning eng yaxshi texnologiyasini ixtiro qilishga vaʼda bergan tadbirkorga yoʻnaltirilgan. U Starship kosmik kemasining prototiplari ishlab chiqarilayotgan va sinovdan oʻtkazilayotgan Boka Chika eksperimental kosmik markazi atrofidagi maktablarga va uning infratuzilmasini rivojlantirishga 30 million dollar xayriya qildi.
Khan Academyning onlayn kurs platformasiga 5 million dollar ajratildi. Milliarder xuddi shuncha mablagʻni Bostonlik koronavirus tadqiqotchilariga taqdim qilgan. Shuningdek, oʻzi yaqinda koʻchib kelgan Texasdagi oziq-ovqat banklarini boshqaradigan Feeding Texas kompaniyasiga 1 million dollar bergan.
Barstool Sports tomonidan tashkil etilgan fondga, SteamSpace tomonidan oʻtkaziladigan kosmik musobaqalar va rivojlanayotgan mamlakatlarda Internetga kirishni kengaytirish boʻyicha YUNISEF loyihasiga berilgan xayriya mablagʻlari ham shular jumlasidandir.