Ilon Mask yangi shahar yaratmoqda

    Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Texasda yangi shahar yaratayotganini eʼlon qildi.

    Tadbirkorning aytishicha, uning shahri SpaceX kosmodromi joylashgan Boka Chika qishlogʻidan ancha kattaroq maydonga ega boʻladi. Bundan tashqari, Mask shaharda hayvonlarga, jumladan itlarga “juda” yaxshi munosabat shakllantirilishini va uning yetakchisi “doge” unvoniga ega boʻlishini taʼkidladi. (Italyanchadagi “doge” ingliz tilidagi “dog” — “it” soʻzini eslatadi).

    Oʻtgan yil oxirida Mask Kaliforniyadan Texasga koʻchib oʻtganini eʼlon qilgandi.