Bugun, 12-dekabr kuni soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oʻrda” MFY Paxtakor koʻchasida joylashgan “Ilxom” teatri binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida teatr binosining 1-qavat xollining 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yongʻindan binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yonin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









