Yangi qurilayotgan turar-joylar hamda boshqa binolarning ichki qismini bezashda ishlatiladigan gulqogʻozlarga hozirda talab juda katta. Aynan shu sabab ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir qismi eksportga ham joʻnatilyapti.
Oldindan belgilangan loyiha boʻyicha hamda talablardan kelib chiqib, ikkinchi bosqich doirasida qurilish va jihozlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlandi va endilikda korxona toʻliq quvvat bilan ishlashga tushdi.
Endilikda gulqogʻozlarning katta qismi eksportga joʻnatiladi.
Mahalliy yoshlar zamonaviy uskuna va dastgohlar oʻrnatilgan korxonada muqim ish bilan taʼminlandi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.