«Bularning barchasi – islohotlarimiz samarasi boʻlib, davlat va xalq oʻrtasidagi ishonch tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat.

Lekin hali qiladigan ishlarimiz koʻp. Biz 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha katta vazifalarni belgilab oldik.

Chunki mahalla bu – islohot qayerda ishlayotganini ham, qayerda toʻxtayotganini ham aniq koʻrsatadigan joy. Mahallada ishsiz odam va kambagʻal oila saqlanib qolgan boʻlsa, demak, islohot oʻsha yerga yetib bormagan. “Yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan boʻlsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti.

Hech bir vazir, viloyat, tuman hokimi, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yoʻq. Imkoniyat va mablagʻ bor, qaror va dastur bor. Yetishmayotgan narsa – masʼuliyat, shaxsiy javobgarlik», – dedi davlatimiz rahbari.