Jarayon test2020.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinmoqda.

1-smenada oʻtkazilgan test sinovlari vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda turli rasmlar tarqaldi. Ulardan biri yuqorida keltirilgan. Davlat test markazi ushbu holatga izoh berdi.

«Mazkur rasm 25-avgust kuni Andijon viloyatida hokimiyat tashabbusi bilan oʻtkazilgan seminarda olingan boʻlib, u bugungi test sinovlariga aloqador emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan boshqa rasmlar ham oʻrganilmoqda va oʻrganish natijasida kerakli choralar koʻriladi.

Abituriyentlardan test sinovlariga faqatgina pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlarini soʻraymiz.

Agar jarayonda taqiqlangan vositalar aniqlansa, abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi», deyiladi DTM xabarida.