Imtihon sanalari e'lon qilindi

    Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha sentyabr oyida o'tkaziladigan test sinovi sanalari e'lon qilindi.

    Unga ko'ra test sinovining yozma qismi 29 sentyabr kuni, gapirish ko'nikmasini baholash imtihonlari esa 30 sentyabr kuni o'tkaziladi.

    Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

    Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali "Mening arizalarim" bo'limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

    Talabgorlardan test sinovi o'tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so'raladi.

    Test sinovi o'tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: telegra.ph/Chet-tili-09-26