Tadbirkorlar “soya”dan chiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi ishli boʻldi

    Yil boshidan Qoraqalpogʻistondagi korxonalar 350 milliard soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

    Natijada tadbirkorlar “soya”dan chiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi ishli boʻldi. Lekin, imtiyoz olgan ayrim korxonalarda ish oʻrinlari kamaygan.

    Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlarini “ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hudud”ga aylantirish ishlarida sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani qayd etildi.

    Qoraqalpogʻistonda biznes uchun yaratilgan imkoniyat va sharoit boshqa birorta viloyatda yoʻqligi hisobga olinsa, shahar-tuman hokimlari bu imkoniyatlarni loyiha va ish oʻrniga aylantira olganda, koʻrsatkichlar 5-10 karra yuqori boʻlardi, dedi davlatimiz rahbari.