Imtiyoz va subsidiyalar natijaga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi

    Oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.

    Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.

    Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion soʻmlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

    Yil boshida 20 ta yirik korxonada tannarxni 15 foizga pasaytirish boʻyicha berilgan topshiriqqa koʻra, oʻtgan davrda xarajat 8,3 trillion soʻmga yoki 10 foizga kamaydi. Bu ishlarni, ayniqsa energetikada tizimli davom ettirish topshirildi.