баннер
17 Apr 2025
14:46

    Imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan sobiq bank xodimi ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda sobiq bank xodimi N.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro I.Ya.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Yashnobod tumanidagi tijorat banki filialidan 1 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga 3 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.I. va Sh.X. oʻzaro til biriktirib, fuqaro F.Gʻ.ning ishonchiga kirib, unga Navoiy shahridagi tijorat banklarning biridan 100 mln soʻm imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishlari evaziga 30 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Shu kabi, Departamentning Oltiariq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yu.T. (muqaddam sudlangan) tadbirkor Oʻ.T.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bundan tashqari, fuqaro Yu.T. va boshqalar fuqarolar F.M., M.S. va D.D.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga 300 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech