Imtiyozli kredit olib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

    Parkent tumanida 150 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgar tezkor tadbirda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro B.A.нинг ishonchiga kirib, unga bakda ishlovchi tanishlari yordamida 150 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 10 mln soʻm olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.