Bu haqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xabar berdi.
Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MCHJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining "IMUDON” dori vositasiga adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.
Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MCHJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikka tortilgan edi.
Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MCHJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi, — deyiladi xabarda.