Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

“Incheon International Airport Corporation” kompaniyasining Toshkent shahrida oʻz vakolatxonasini ochish rejalari qoʻllab-quvvatlandi. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash boʻyicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.

Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirokini davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.