Bu haqda Newsweek portali ma'lum qildi.
Mahalliy sherif boshqarmasining ta'kidlashicha, samolyot juma kuni taxminan soat 06:45 da Fort-Dodj (Ayova shtati) aeroportidan havoga ko'tarilgan va Anderson aeroportiga soat 10:00 atrofida qo'nishi kerak edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, samolyot makkajo'xori dalasiga qulab tushdi.
AQSh federal aviatsiya boshqarmasi bortda to'rt kishi bo'lganini va hech kim omon qolmaganini tasdiqladi.
Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi report.az.