Indoneziya qirg'oqlari yaqiniga katta meteorit qulab tushdi

    Katta meteorit Yer atmosferasiga kirib, Indoneziya qirg'oqlari yaqinidagi Yava dengiziga qulab tushdi.

    Bungacha G'arbiy Yavaning ayrim hududlari aholisi osmonda yorqin olov sharini ko'rib, kuchli portlash ovozini eshitishgan.

    Milliy tadqiqot va innovatsiyalar agentligi (BRIN) olimlari koinot obyekti janubi-g'arbdan Kuningan va Cirebon o'rtasida osmondan uchib o'tganini aniqladi. Uning tovushi meteorit atmosferaning quyi qatlamlariga kirib, zarba to'lqinini hosil qilganda paydo bo'lgan. Mahalliy vaqt bilan 18:39 da erosti silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi mir24.tv.

    Olimlarning qayd etishicha, portlash va undan hosil bo'lgan yorug'lik aholi uchun hech qanday xavf tug'dirmagan, deb xabar berdi Jakarta Globe.