Mazkur tashrif Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan boʼlib, bunda Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyati, ziyoratgohlari va tarixiy obidalari bilan tanishtirishga doir barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
OAV vakillarining tashrifi mobaynida Indoneziya milliy televideniesining bir necha kanallarida “Oʼzbekistonda ramazon” teledasturi yaratilib, unda Ramazon oyida saharlik va iftorlik vaqtlarida indoneziyalik tomoshabinlar uchun Oʼzbekistonning muqaddas ziyoratgohlari va buyuk ulamolari haqida maʼlumot beruvchi materiallar uzatib boriladi.
Shuningdek, delegatsiya tomonidan sayyohlik manzillari bilan tanishilib, turizm sohasidagi turoperator, aviakompaniya, mehmonxona va muzey kabi turli tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlari oʼrganiladi.