Indoneziya va Sharqiy Timorda koʻchki va suv toshqinlari 52 kishining hayotiga zomin boʻldi

    Dolzarb 5 Aprel 2021 574

    Sharqiy Indoneziya va unga qoʻshni Sharqiy Timorda kuchli jala bir qator koʻchki va sellarni keltirib chiqardi. Natijada kamida 52 kishi qurbon boʻldi.

    Indoneziya Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligining bergan maʼlumotiga koʻra, mamlakatda kamida 41 kishi vafot etgan, 27 nafari esa bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi.

    Sharqiy Nusa-Tengara provinsiyasidagi Adonara orolining Lamenele aholi yashash punktida oʻnlab uylarni koʻchki olib ketgan. Favqulodda vaziyatlar boʻyicha mahalliy agentlik rahbari Lenni Olaning soʻzlariga koʻra, qutqaruvchilar 35 ta jasadni olib chiqqan va kamida besh nafar odam turli xil jarohat olgan.

    Oyan Bayan qishlogʻida 40ta uy vayron boʻlgan, uchta jasad topilgan, yuzlab odamlar oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan. Vayburakda uch kishi tabiiy ofat qurboni boʻlgan, yetti kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi.

    Olaning soʻzlariga qaraganda, koʻchki Adonara orolida beshta koʻprikni vayron qilgan. Shu bilan birga Dilidagi (Sharqiy Timorning poytaxti) koʻchki 11 kishining hayotiga zomin boʻlgan, deb xabar beradi “Interfax”.