Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev, TIV rahbarining oʻrinbosari Bahromjon Aloyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Indoneziya delegatsiyasi tarkibidan yuzga yaqin vazirliklar, idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, tadbirkorlar oʻrin olgan.

Besh kunlik tashrif davomida Indoneziya delegatsiyasi Oʻzbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar oʻtkazadi, ularda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Indoneziya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurib, u yerda “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi bilan yaqindan tanishadi, viloyat va shahar rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.