Indoneziyada ikkita poyezd to'qnashib ketdi

    Indoneziyaning Yava orolidagi Chikalengka – Xaurpugur uchastkasida ertalab ikki yo'lovchi poyezdi to'qnashib ketdi. Uch nafar temiryo'l xodimi halok bo'ldi.

    “Qurbonlar uch kishi, xususan: poyezd mashinisti, mashinist yordamchisi va styuard”, dedi G'arbiy Yava politsiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Kombes Ibrohim Tompo.

    To'qnashuv mahalliy vaqt bilan soat 06:03 da sodir bo'lgan. Yo'llarni tartibga keltirish uchun og'ir texnika jo'natildi, yo'lovchilar halokat joyidan tez yordam mashinalarida evakuatsiya qilindi. Oqibatlarni bartaraf etish jarayonida poyezdlar muqobil yo'nalish bo'ylab harakatlanadi, manzilga yetkazish vaqti ikki-uch soatga cho'ziladi, deb xabar beradi tass.ru.

    Dastlabki taxminga ko'ra, to'qnashuvga mashinistlarning aloqa tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.