Indoneziyaning Shimoliy Sumatra viloyatida yuz bergan ko'chki oqibatida kamida 27 kishi halok bo'ldi, bedarak yo'qolganlarni qidirish davom etmoqda. Bu haqda Reuters agentligi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi ko'chkiga kuchli yomg'ir sabab bo'ldi. Tabiiy ofat oqibatida turar-joy binolari, masjidlar va sholizorlar zarar ko'rdi, deb xabar beradi tass.ru.
2024-yil oxirigacha Indoneziyada ekstremal ob-havo sharoiti kutilmoqda, chunki La-Ninya iqlim fenomeni tufayli arxipelag bo'ylab yog'ingarchilik ko'payadi, deya ogohlantirdi mamlakat Meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi.