Indoneziyada ko'chki sodir bo'ldi, oqibatda 19 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyatida yuz bergan ko'chki oqibatida 19 kishi hayotdan ko'z yumdi, mutaxassislar yana ikki kishini qidirmoqda.

    “19 kishi halok bo'ldi, shundan to'rt kishi Janubiy Makaleda, yana 15 kishi Makalening qadimiy tumanlarida hayotdan ko'z yumdi. Hozirda biz boshqa qurbonlarni qidirmoqdamiz”, dedi mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligi rahbari Sulaymon Maliya.

    Uning so'zlariga ko'ra, bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritilgan ikki kishi ko'chki vayronalari ostida qolgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.