Yer silkinishlari mutaxassislar tomonidan Arafura dengizidagi Aru orollari hududida, 60 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Seysmik hodisa mahalliy vaqt bilan 16:19 da sodir bo'lgan. Zilzila o'chog'i Aru orollaridan 125 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan.
Olimlar sunami ehtimolini rad etishdi. Zilzila qurbonlari va vayronalari haqida ma'lumot yo'q, deyiladi mir24.tv saytida.