Indoneziyada Merapi vulqoni bir oy ichida ikkinchi bor “uyg'ondi”

    Indoneziyada bir oy ichida ikkinchi bor Merapi vulqoni harakatga keldi. Rasmiylar qurbonlar bo'lmasligi uchun yirik aeroportni yopdi.

    Tinch aholi vakillarining halok bo'lgani yoki infratuzilmaga zarar yetgani haqida hozircha ma'lumotlar yo'q. Biroq rasmiylar mahalliy aholi va sayyohlarga vulqon hududidan uzoqroq masofada bo'lishni tavsiya qilishdi.

    Dekabr oyi boshida Merapi vulqonining otilishi oqibatida 23 kishi, jumladan, 11 nafar sayyoh halok bo'lgan edi. Yana 50 nafar alpinist tabiiy ofat hududidan qutqarib olindi.

    Indoneziyaning Sumatra orolida joylashgan Merapi dunyodagi eng faol vulqonlardan biridir, deb xabar beradi tengritravel.kz.