Indoneziyada oltin konida yuz bergan ko'chki oqibatida 15 kishi halok bo'ldi

    Indoneziyaning G'arbiy Sumatra viloyatidagi oltin konida sodir bo'lgan ko'chki oqibatida kamida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi, 25 kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Xinhua agentligi ma'lum qildi.

    Mahalliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligining ma'lum qilishicha, hodisa oqibatida uch kishi jarohatlandi.

    Qayd etilishicha, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish uchun voqea joyiga texnika bilan qo'shimcha qutqaruv kuchlari yuborildi, deb xabar beradi report.az.