Fojia 25-oktabr kuni ertalab sodir bo'lgan. Tuman politsiyasi boshlig'i Edi Suranta Sitepuning so'zlariga ko'ra, singan plitalar ustida to'rt kishi bo'lgan, ikki nafar odam ko'prik tayanchlariga ilashib olishga ulgurishgan, ikki nafar ayol esa yiqilib tushgan, biri halok bo'lgan, ikkinchisi esa jiddiy jarohatlangan.

Politsiya mutaxassislar bilan birgalikda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari, shisha ko'prikni tiklash qanchalik maqsadga muvofiqligi o'rganilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.