Indoneziyada poyezdning mikroavtobus bilan to'qnashib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi

    Indoneziyaning Lumajang okrugida poyezd va mikroavtobus to'qnashib ketdi, oqibatda mikroavtobusda bo'lgan 15 yo'lovchidan 11 nafari halok bo'ldi, to'rt nafari jarohatlandi.

    “15 yo'lovchidan jami 11 nafari mikroavtobusning Sharqiy Yavaning Lumajang okrugidagi Randuagung va Klakax stansiyalari o'rtasidagi nazorat qilinmaydigan o'tish joyida “Probovangi” poyezdi bilan to'qnashib ketgani oqibatida halok bo'ldi. Qolgan to'rt nafar yo'lovchi jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

    Hodisa yakshanba kuni kechqurun sodir bo'ldi, deb xabar beradi ria.ru.

    Indoneziya Transport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatdagi poyezd halokatlarining 85 foizi nazorat qilinmaydigan o'tish joylarida sodir bo'ladi.