Indoneziyada Ruang vulqoni “uyg'ondi”, 800 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi

    Ruang vulqonining otilishi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyatidagi xuddi shu nomdagi kichik orolda sodir bo'ldi.

    Bu haqda Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish milliy agentligi xabar berdi.

    Tabiiy ofat yuz bergan hududdan 828 kishi evakuatsiya qilindi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.

    Indoneziyada vulqon hududidagi xavf darajasi to'rtdan uch darajaga ko'tarildi. Vulqon tog'iga 4 kilometr masofada yaqinlashish taqiqlandi, deb xabar beradi tass.ru.