Kamida 10 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Indoneziya vulqonologiya va geologik xavflarni yumshatish markazi vakili Xadi Vijayga ko'ra, vulqon otilish 3-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:57 da boshlandi. Vulqon havoga lava, kul va issiq toshlarni uloqtirdi.
“Vulqon harakatga kelgach, elektr ta'minotida uzilishlar yuz berdi, keyin yomg'ir yog'ishi va kuchli chaqmoq aholi orasida vahima uyg'otdi”, dedi Hadi Vijay.
Uning qo'shimcha qilishicha, kraterdan to'rt kilometr radiusdagi eng yaqin aholi punktlariga olovli lava va toshlar oqib kelgan.
Mahalliy rasmiy Geronimus Lamavuranning so'zlariga ko'ra, vulqon yetti qishloqqa zarar yetkazdi. 4-noyabr kuni tushdan keyin (mahalliy vaqt bilan) kamida 10 kishi halok bo'ldi.
Aholini kraterdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa qishloqlarga evakuatsiya qilish boshlandi.
Indoneziya favqulodda vaziyatlar agentligi yaqin kunlarda suv toshqini va sovuq lava oqimlari haqida ogohlantirdi. Agentlik matbuot kotibi Abdul Muxariyning aytishicha, mahalliy hukumat yaqin 58 kun davomida favqulodda holat e'lon qildi va evakuatsiya qilinganlar soni haqida ma'lumot yig'moqda.
Maumere shahrida joylashgan eng yaqin aeroport vaqtincha yopildi.
Levotobi Laki-laki Indoneziyadagi 120 ta faol vulqondan biridir, deb xabar beradi korrespondent.net.