Bu haqda mahalliy meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi xabar berdi.

Bundan tashqari, 108 kishi turli darajada jarohat oldi. Zilzila oqibatida jami 6400 dan ortiq odam jabrlandi.

Zilzila 16-iyun kuni Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi taxminan 282 000 kishi istiqomat qiladigan Palu shahridan (Sulavesi oroli) 46 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, deb xabar berdi report.az.