Mutaxassislarning fikricha, vulqonning otilishi tufayli 19 kilometr balandlikkacha osmonni tutun qopladi.
Ruang vulqoni 17-aprelda besh marta, 20-aprelda yana uch marta otildi. Bungacha Ruang orolidan 828 kishi evakuatsiya qilingan edi.
Vulqon faolligi tufayli Manado shahridagi aeroport (Shimoliy Sulavesi viloyati ma'muriy markazi) yopilgan. Bu 40 dan ortiq reyslarning bekor qilinishiga olib keldi, deb xabar beradi tass.ru.