Indoneziyadagi vulqon: qurbonlar soni 13 nafarga yetdi

    Indoneziyada Merapi vulqonining harakatga kelishi oqibatida halok bo'lgan yana ikki kishining jasadi topildi, 10 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

    “Halok bo'lganlarning umumiy soni hozirda 13 kishini tashkil etmoqda. Yo'qolgan 10 nafar sayyoh hali ham qidirilmoqda”, dedi Padangdagi qidiruv-qutqaruv agentligi rahbari Abdul Malik.

    5-dekabr kuni ertalab ham vulqon faolligi saqlanib turdi, bu esa 200 nafardan ortiq odam ishtirok etgan qutqaruv operatsiyasiga to'sqinlik qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Avvalroq Indoneziyadagi Merapi vulqonining otilishi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo'lgani xabar qilingandi.