Indoneziyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yongʻin sodir boʻldi

    Dolzarb 29 Mart 2021 740

    Gʻarbiy Yava provinsiyasidagi Balongan shahridagi neftni qayta ishlash zavodida tunning ikkinchi yarmida portlash va uning ortidan yongʻin kelib chiqdi.

    Korxona mansub boʻlgan «Pertanima» kompaniyasi eʼlonda yongʻin sababini koʻrsatmagan. Lekin buning kuchli momaqaldiroq paytida sodir boʻlganini taʼkidlayapti.

    Taxminlarga koʻra, neft saqlanadigan joy yashin taʼsirida portlagan.

    Kamida 5 nafar odam kuyish jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan, yana atrofdagi uylarda yashovchi 1 000 nafardan kam boʻlmagan aholi boshqa joyga koʻchirib oʻtkazilgan.

    Neftni qayta ishlovchi kompaniya alangani nazorat ostiga olishga urinayotganini, lekin hali yongʻinni bartaraf etishning iloji boʻlmayotganini maʼlum qilgan.

    Qora tutundan hosil boʻlgan ulkan ustunlar yuzlab metr balandlikka choʻzilgan. Xabar berishicha, Jakartadan 225 kilometr uzoqlikda joylashgan zavod kuniga 125 ming barrel neftni qayta ishlash quvvatiga ega ekan, deb xabar beradi “Vesti”