Indoneziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata 13-iyun kuni Toshkentda vafot etdi

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning mamlakatimizdagi elchisi Sunario Kartadinataning vafot etgani munosabati hamdardlik bildirdi.

    "Bugun Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Elchisi Sunario Kartadinata janoblarining bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Janob Kartadinata oʻz vatani uchun tinimsiz mehnat qilgan, Indoneziya manfaatlarini gʻoyat professionallik va fidoyilik bilan ilgari surgan taniqli va tajribali diplomat edi. Uning mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi beqiyos. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan Elchining oila aʼzolari va yaqinlariga hamda barcha indoneziyalik doʻstlarimizga hamdardligimizni bildiramiz".

    Marhum elchi Sunario Kartadinata 74 yoshda. U 2019-yil mart oyidan buyon Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.