“Bu [yangi poytaxt qurilishi] hali ko'p vaqtni talab qiladi. Bu [loyiha] 2021-2022-yillarda boshlangan va taxminan 10-15 yil ichida yakunlanadi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Antara agentligi. Prezident hozirda Nusantara qurilishi atigi 20 foizga yakunlanganini ta'kidladi.

Vidodo 2019-yilda Indoneziya poytaxtini Jakartadan ko'chirish g'oyasini ilgari surdi. Dastlab metropolis Kalimantan orolida 2024 yilgacha qurilishi rejalashtirilgan edi. Bu maqsadlar uchun qariyb 32 milliard dollar ajratildi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli loyiha to'xtatildi. 2022-yil yanvar oyi o'rtalarida davlat rahbari yangi poytaxt Nusantara (“arxipelag” degan ma'noni anglatadi) deb nomlanishini e'lon qildi. Vidodo u yerda ilk ish kunlarini o'tkazish uchun 28-iyul kuni keldi, biroq 30-iyul kuni u mamlakat hukumati joylashgan Jakartaga qaytib ketdi. Indoneziyaning yangi saylangan Prezidenti Prabovo Subianto Nusantarani qurib bitkazishga harakat qilishini, u yerga ko'chib o'tishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.