“Infozakon.kz” internet portali Oʻzbekiston Prezidenti saylovi haqida xabar tarqatdi

    Qozogʻistonning “Infozakon.kz” internet portali Oʻzbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining boshlangani haqida xabar tarqatdi.

    Qozogʻistonning “Infozakon.kz” internet portali sahifasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangani toʻgʻrisidagi maqola eʼlon qilindi.

    “Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlanganini eʼlon qildi” sarlavhali ushbu maqolada Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 23-iyulda boʻlib oʻtgan yigʻilishida davlat rahbari saylovi boshlangani maʼlum qilingani bilan bogʻliq tafsilotlar atroflicha qalamga olingan.

    Prezident saylovi 2021-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, joriy yil oktyabr oyida boʻlib oʻtadi.

    “Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev saylovlar yangi saylov qonunchiligi, umum eʼtirof etilgan xalqaro andozalar hamda demokratiya tamoyillari – ochiqlik va oshkoralik asosida oʻtkazilishini alohida taʼkidladi”, — deb yozadi “Infozakon.kz”.

    Maqolada 2016-yil 4-dekabrda boʻlib oʻtgan Prezident saylovidan keyingi besh yil ichida xalq va davlat hayotida, jamiyatda hamda milliy saylov qonunchiligida ulkan oʻzgarishlar roʻy bergani ham alohida qayd etilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.